Янгиликлар
Subsidiya olish uchun ariza berish tartibi
Subsidiya olish uchun ariza berish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.03.2020 yildagi 182-son qaroriga ko’ra Hududlarda qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.
Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi.
Zarur hollarda ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni hamda anketa-arizada qayd etilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida berishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritish to‘lovlarsiz (bepul) amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza yil davomida topshirilishi mumkin.
Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali anketa-arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zi kiritadi.
Bekobod shahar adliya
bo‘limi boshlig‘i X.Bibayev