Янгиликлар
Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining vrachlariga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga beriladigan ustamalar
Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining vrachlariga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga beriladigan ustamalar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.12.2005 yildagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining vrachlariga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz;
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan stajning birinchi uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 40 foiz” etib belgilab qo’yilgan
qishloq vrachlik punktlari (QVP) vrachlariga va patronaj tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori vrachlar uchun — 50 foiz, patronaj tibbiyot hamshiralari uchun esa — 40 foiz;
poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, o‘smirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya bo‘limlari mudirlariga, oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot vrachlariga, umumiy amaliyot tibbiyot hamshiralariga hamda bo‘limlari mudirlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 40 foiz;
Bekobod shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi Sh.Malikov