Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Firibgarlik uchun jazo muqarrar


Firibgarlik uchun jazo muqarrar

Firibgarlik – bu o‘zganing mulkini yoki mulkga bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritishdir. Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:

-BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (15 mln so‘mdan 30 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

-2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

- 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

- 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

        Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi og‘irlashishi mumkin. Firibgarlik kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:

-BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (30 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

- 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

- 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:

- BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (90 mln so‘mdan 120 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

- 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa:

- BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 mln so‘mdan 180 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

- 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

 

Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov