Янгиликлар
Yo`l harakati xavfsizligida yangi islohotlar
Yo`l harakati xavfsizligida yangi islohotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 4-aprel kuni imzolangan “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilingan.
Unga muvofiq, yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida 2022-yil
1-dekabrdan boshlab haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi.
Unda quyidagi tartibni nazarda tutishi belgilab berilmoqda:
- har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
- hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
- muayyan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.
Joriy yilning 1-dekabrdan haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tizimi test rejimida ishga tushirildi.Test rejimi vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha ballar hisobga olinmaydi.
Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov