Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Jamoa shartnomasi xodimga tanishtirilishi kerakmi?


Jamoa shartnomasi xodimga tanishtirilishi kerakmi?

 

 

Amaldagi Mehnat kodeksida xodimlarni jamoa shartnomasi bilan tanishtirishga oid alohida talab mavjud emas.

Biroq, boshqa bir masala bor. Amaldagi kodeksning 178-moddasiga asosan:

-ҳар bir xodim o‘ziga yuklatiladigan mehnat vazifalari doirasi bilan oldindan tanishtirilishi lozim.

Yaʼni, agar jamoa shartnomasida xodimlarga alohida vazifalar yuklashga doir talablar bo‘lsa, yuqoridagi moddadagi qoidaga muvofiq jamoa shartnomasi albatta xodimga tanishtirilishi kerak.

2022-yil 30-aprelda kuchga kiradigan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga alohida to‘xtatilishim kerak. Yangi Kodeksning 123-moddasida ishga qabul qilish chog‘ida ish beruvchi ishga kirayotgan shaxsni oldindan, yaʼni mehnat shartnomasi imzolanguniga qadar ichki mehnat tartibi qoidalaridan tashqari jamoa shartnomasi bilan ham tanishtirishi shartligi ko‘rsatilgan.

Siz baribir ishga qabul qilish jarayonlarida xodimlarni jamoa shartnomasi bilan ham oldindan tanishtirib borish lozim. Shunisi to‘g‘ri bo‘ladi.

 

Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov