Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ishdan chetlashtirishning turlari.


Ishdan chetlashtirishning turlari.

 

2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga asosan ishdan chetlashtirish asosan ikkita yo‘nalishga bo‘linmoqda, yani ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan holatlar va ishdan chetlashtirishish beruvchi uchun huquq (ixtiyoriy) bo‘lgan holatlar. Bu haqida yangi MKning 151-moddasida aytilmoqda.

 

Xodimni ishdan chetlashtirish majburiy bo‘lgan holatlarga quyidagilar kiradi:

1. Qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra;

2. Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik moda ta’siridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda bo‘lganida;

3. Mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalaritekshiruvdano‘tmaganda;

4. Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganda;

5. Xodim tomonidan mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarish uchun tibbiy xulosaga muvofiq qarshi ko‘rsatmalar aniqlanganda;

6. Tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra to‘rt oygacha muddatga vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lgan xodimni o‘tkazish rad etilganda yoxud ish beruvchida ish mavjud emasligi munosabati bilan bunday xodimga tegishli ishni taklif etish mumkin bo‘lmaganda;

7. Xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq foydalanilishi shart bo‘lgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda.

Xodimni ishdan chetlashtirish ishberuvchining huquqi (ixtiyoriy) bo‘lgan holatlarga quyidagilar kiradi:

1. Xodim karantinli va odam uchun xavfli boshqa yuqumli kasalliklar tahdidi mavjud bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda;

2. Xizmat tekshiruvi davomida, agar xodimning ishda bo‘lishi tekshiruvga xalaqit beradi degan asosli taxminlar mavjud bolsa.

 

Bekobod shahar adliya bo‘limi YUXKM bosh yuriskonsulti J.B.Norqo‘ziyev