Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Mehnat shartnomasiga ayrim normalarni kiritish taqiqlanadi


Mehnat shartnomasiga ayrim normalarni kiritish taqiqlanadi

 

Yangi mehnat kodeksiga koʻra, davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.

Endi Mehnat kodeksiga koʻra, mehnat shartnomasiga quyidagi shartlarning kiritilishi oʻz oʻzidan haqiqiy hisoblanmaydi:

xodimning holatini mehnat qonunchiligiga va mehnat haqidagi boshqa hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;

mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talablarini buzadigan;

majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

xodimni qonunga xilof harakatlarni, boshqalarning yoki xodim oʻzining huquqlarini buzadigan, hayoti va sogʻligʻiga tahdid soladigan, shaʼniga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar.

Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab boʻlmaydi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi Sh.Usmonov