Янгиликлар
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan o’zgarishlar
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan o’zgarishlar
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 29 oktyabr kuni Oʻzbekiston Mehnat kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi. Hujjat 6 oydan soʻng – 2023 yil 30 aprelda kuchga kiradi va 1995 yildan beri amalda boʻlgan Mehnat kodeksining oʻrnini egallaydi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2021 yil 14 oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2022 yil 17 martda Senat tomonidan maʼqullangan edi. Kodeks 7 boʻlim, 34 bob va 581 moddadan iborat.
Yangi kodeks fuqarolar uchun qanday yangiliklarni oʻz ichiga olganini bo’yicha quyidagilarni keltirib o’tamiz.
Kodeksga koʻra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy printsiplari etib quyidagilar belgilandi:
mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash;
mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;
mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;
mehnat huquqlari taʼminlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi;
xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yoʻl qoʻyilmaslik.
Jumladan, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga boʻlgan oʻz qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashgʻulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.
Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi Sh.Usmonov