Янгиликлар
Vazirliklarning boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi
Vazirliklarning boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3403, 19.12.2022-y.)
Mazkur Nizom vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻlgan, 3 oydan ortiq muddat davomida foydalanilmasdan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini (bundan ijtimoiy soha obyektlari mustasno) ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibini belgilaydi.
Ijaraga beruvchi tomonidan obyektlarni aniqlash maqsadida doimiy ravishda xatlov oʻtkaziladi.
Xatlov davomida aniqlangan obyekt 1 ish kuni ichida axborot tizimiga kiritiladi.
Ijaraga beruvchi obyekt haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida obyektning balansda saqlovchisiga ogohlantirish xati yuboradi.
Unda balansda saqlovchi tomonidan obyektdan 3 oy muddatda samarali foydalanilishi hamda bu haqda ijaraga beruvchiga maʼlumot taqdim etilishi, shuningdek ushbu talabga rioya qilinmagan taqdirda, obyekt belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ijaraga berish yoki sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi koʻrsatiladi.
Obyektni sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisidagi qaror quyidagilar tomonidan qabul qilinadi:
???? binolari va inshootlarining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan va strategik ahamiyatga ega boʻlmagan obyektlar boʻyicha – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;
???? binolari va inshootlarining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, ammo 5000 kvadrat metrdan koʻp boʻlmagan va strategik ahamiyatga ega boʻlmagan obyektlar boʻyicha – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari;
???? binolari va inshootlarining umumiy maydoni 5 000 kvadrat metrdan ortiq va strategik ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha – Prezident, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi.
Nurafshon shahar adliya bo’limi bosh masalahatchisi E.Eshonqulov