Янгиликлар
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksidagi yangiliklar
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksidagi yangiliklar
Yangi Mehnat kodeksi 266-moddasiga ko’ra, ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun (iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy sabablarga koʼra ishni vaqtincha toʼxtatib turish) xodimning oʼrtacha ish haqi miqdorida haq toʼlanadi.
Ish beruvchiga va xodimga bogʼliq boʼlmagan sabablarga koʼra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq toʼlanadi.
Xodimning aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun haq toʼlanmaydi.
Аsbob-uskunaning buzilishi va xodim tomonidan oʼz mehnat vazifalarini bajarishni davom ettirishni imkonsiz qiladigan boshqa sabablar yuzaga keltirgan bekor turib qolingan vaqt boshlanganligi haqida xodim darhol oʼzining bevosita rahbariga, ish beruvchining boshqa vakiliga xabar berishi shart.
Amaldagi Mehnat kodeksining 159-moddasiga ko’ra esa, xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqtda uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. E’tibor bering, amaldagi kodeksda ish beruvchiga bog’liq bo’lmagan sabablar (epidemiya, turli favqulodda holatlar) hisobga olinmagan. Yangi kodeksida esa ushbu sabablar ham hisobga olinmoqda.
Nurafshon shahar adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi B.Fozilbekov