Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Assalomu aleykum. Bizning tashkilot 5 kunlik ish haftasida ishlaydi. Men tashkilotda to‘liq stavkada ishlayman. Bo‘sh vaqtimda o‘rindoshlik asosida boshqa bir tashkilotda ishlash uchun ish beruvchining roziligi shartmi?


Assalomu aleykum. Bizning tashkilot 5 kunlik ish haftasida ishlaydi. Men tashkilotda to‘liq stavkada ishlayman. Bo‘sh vaqtimda o‘rindoshlik asosida boshqa bir tashkilotda ishlash uchun ish beruvchining roziligi shartmi?

Nafaqat 5 kunlik, balki, 6 kunlik ish haftasida ham asosiy ishingizdan bo‘sh vaqtda bemalol o‘rindoshlik asosida ishlashingiz mumkin (o‘rindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadigan shaxslar bundan mustasno).Mehnat kodeksining 72-moddasining 4-qismiga ko‘ra, xodim o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuzishi mumkin.             O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlash uchun ish beruvchining, asosiy ish joyidan kasaba uyushmasi qo‘mitasining (xodimlarning boshqa vakillik organining) yoki boshqa organning roziligi talab qilinmaydi.                                                                                                              7-bandiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlashda o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno). Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan kunlarda u o‘rindoshlik asosida to‘liq ish kunida ishlashi mumkin.                                                                                                                                                       Yaʼni siz asosiy ish joyingizda 1 stavka ishlasangiz, yana yarim stavka o‘rindoshlik asosida ishlashingiz mumkin. Istasangiz 0.25 stavkadan, 2 tashkilotda ham ishlashingiz mumkin. Faqatgina sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari 2 stavka ishlashlari mumkin.                                                     O‘rindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha maʼlumotnomani taqdim etishi shart. Yaʼni Siz o‘rindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirish uchun albatta, yuqoridagi maʼlumotnomani taqdim qilishingiz shart. O‘z navbatida esa bu maʼlumotnamani berish esa ish beruvchining majburiyati.

 

 

 

 

 

 

 

Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

boshyuristkonsulti                                                                            M.Klichbayev