Янгиликлар
Assalomu alaykum! Men bu yil tayanch doktaranturaga o`qishga qabul qilindim. Lekin hozir ishlayotgan joyimda 0.5 stavkada ishlay olamanmi? Shu masalada huquqiy asoslarini aytib yuboring iltimos. Aniq sonli qarorlar bilan imkon qadar. Oldindan rahmat.
Assalomu alaykum! Men bu yil tayanch doktaranturaga o`qishga qabul qilindim. Lekin hozir ishlayotgan joyimda 0.5 stavkada ishlay olamanmi? Shu masalada huquqiy asoslarini aytib yuboring iltimos. Aniq sonli qarorlar bilan imkon qadar. Oldindan rahmat.
Javob :O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga asosan, har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. Mehnat kodeksining 97-moddasiga asosan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bir qator sabablarga ko‘ra bekor qilish mumkinligi ko‘rsatilgan. Ular orasida “xodim doktoranturaga (tayanch doktorantura) o‘qishga kirsa mehnat shartnomasi bekor qilinadi” degan asos yo‘q. 2020 yil 23 sentyabrdagi “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga asosan, doktorantura (tayanch doktorantura) oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga ko‘ra doktorantura — fan doktori (Doctor of Science DSc), tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy PhD) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun, “ishlab chiqarishdan ajralgan holda” tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli. Mehnat kodeksining 119-moddasiga asosan, doktorant ish beruvchi bilan kelishib to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilashga haqli. Bu mehnatning yangi sharti hisoblanadi. O‘rnatilgan yangi shart asosida mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi. Siz o‘qishdan bo‘sh vaqtda 0,5 va 0,25 shuningdek boshqa stavka asosda ishlashga haqlisiz.
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti M.Klichbayev