Янгиликлар
Assalomu aleykum.Men bu yil ikkinchi mutaxassislik buyicha sirtqi talimga o`qishga kirdim.kasb-xunar maktabida direktor o`rinbosari lavozimida ishlayman.O`qish paytim oylik masalasi qanday bo`ladi.
Assalomu aleykum.Men bu yil ikkinchi mutaxassislik buyicha sirtqi talimga o`qishga kirdim.kasb-xunar maktabida direktor o`rinbosari lavozimida ishlayman.O`qish paytim oylik masalasi qanday bo`ladi.
Javob:Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga 1-ilova tarzda qabul qilingan "Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida" nizomning 28-bandiga asosan, sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda masofadan turib o‘qitish talabalarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda o‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil masofadan turib o‘zlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunda agar masofaviy asosda o'qiyotgan bo'lsangiz sizga oylik ish haqi to'liq to'lab beriladi. Mehnat kodeksining 257-moddasiga asosan, ish beruvchi oliy o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o‘quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘l kiraning ellik foizdan kam bo‘lmagan qiymatini to‘laydi. Bundan tashqari kodeksning 256-moddasiga asosan, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida qirq kalendar kun; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o‘ttiz kalendar kun; diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o‘quv yurti talabalariga to‘rt oy, o‘rta maxsus o‘quv yurti talabalariga esa ikki oy muddat bilan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha ta’tillar beriladi.
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti M.Klichbayev