Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Assalomu alaykum, maktabda ingliz tilidan dars beraman. IELTS dan 7,5 ballga egaman, oyligimga qoʻshimcha toʻlanadimi?


Assalomu alaykum, maktabda ingliz tilidan dars beraman. IELTS dan 7,5 ballga egaman, oyligimga qoʻshimcha toʻlanadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorining 5-bandiga ko’ra,

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

a) ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilsin.

Bunda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kamida S1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat budjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar, davlat oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining xarajatlari esa oliy ta’lim muassasalarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilansin;

b) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli bo‘yicha sinovdan ozod etilsin. Bunda, mazkur sertifikatni olish muqobil malaka oshirish shakli sifatida tan olinsin;

v) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar tatbiq etilsin;

g) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilariga Davlat budjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini sotib olishi uchun 1 mln so‘mdan mablag‘lar ajratilsin. Bunda, tavsiya etiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarining ro‘yxati hamda ularni sotib olganlik to‘g‘risida hisobot shakli Xalq ta’limi vazirligi va Agentlik tomonidan belgilanadi.                                                                                                                              Demak, Siz IELTS dan 7,5 ball ya'ni S1 darajadagi sertifikatga ega bo'lganligingiz uchun, bazaviy tarif stavkangizga har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.             Diqqat, ushbu ustamalar faqat xorijiy tillar o‘qituvchilariga nisbatan tadbiq qilinadi!

 

 

Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

boshyuristkonsulti                                                                            M.Klichbayev