Янгиликлар
Аssalomu alaykum! Menga 2020 yil 10 aprel kuni qisqartirishga tushding deb ogohlantirish xatiga imzo chektirishdi, 2020 yil 11 iyun kuni mehnat shartnomamni bekor qilishdi. Men tashkilotimizdan MK ning 67- moddasiga asosan kompensatsiya xamda bir martalik
Аssalomu alaykum! Menga 2020 yil 10 aprel kuni qisqartirishga tushding deb ogohlantirish xatiga imzo chektirishdi, 2020 yil 11 iyun kuni mehnat shartnomamni bekor qilishdi. Men tashkilotimizdan MK ning 67- moddasiga asosan kompensatsiya xamda bir martalik nafaqamni surasam, Viloyat iktisodchimiz orqa sana bilan yaʼni 2020 yil 1-mart sanasidan meni shtat birligimni shtatniy raspisaniyadan olib tashlagan, usha ogoxlantirish davrida olgan ish haqimni kompensatsiyang deb ro`kach qilmokda. Filial xisob kitob bulimi meni qarzga chiqarib qo`ymoqchi. Bu holatda nima qilish zarur. Oldindan javob uchun raxmat!
Javob: Sizning mazkur savolingizga javob berar ekanmiz, Mehnat kodeksining 67-moddasiga asosan, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi (100-modda ikkinchi qismining 1-bandi) sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq bo‘lmagan davr mobaynida xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to‘langan bir oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi. Yanada aniqroq to‘xtalar ekanmiz, Mehnat kodeksining 109-moddasiga binoan, ish beruvchining tashabbusi bilan (MK 100-moddasining 1, 2, 5, 6-bandlari), xodim o‘zining mehnat vazifalarini bajarmaganligi sababli shartnomaning bekor qilinishi bundan mustasno (MK 100-modasining 3 va 4-bandlari)mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi. Bu yerda siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi MK 100-moddasining 1-bandi (xodimlar soni (shtati) qisqarganligi) asosida bekor bo‘lmoqda. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, sizga qonun hujjatlari talablari asosida ishdan bo‘shatish nafaqasi albatta to‘lanmog‘i lozim. Shuni taʼkidlash zarurki, ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishidan maqsad xodim o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli ishdan bo‘shatilganida boshqa ish topish uchun ketgan vaqti davomida uni moddiy qo‘llab quvvatlashdan iborat. Navbatda “orqa sana bilan shtat birligini shtatniy raspisaniyadan olib tashlash” degan holatga baho berar ekanmiz, Mehnat kodeksining 102-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi shtatlar qisqarganligi munosabati bilan bekor qilinganda xodim kamida ikki oy oldin yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shart. Sodda til bilan tushuntiradigan bo‘lsak, shtat qisqarishi oldindan maʼlum qilinadi, bu muddat ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas. Ko‘rsatib o‘tilgan ikki oy o‘tgachgina qisqarish kelgan shtat shtatlar jadvalidan chiqariladi. Demak, o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, sizning shtat birligingiz shtatlar jadvalidan olib tashlanganligi to‘g‘risidagi bahona ishdan bo‘shatish nafaqasining to‘lanmasligigi hech qanday sabab bo‘laolmaydi.Bu vaziyatda siz Mehnat kodeksining 275-moddasiga asosan, sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkinligini aytib ish beruvchini ogohlantirishingiz mumkin.Shu bilan bir qatorda siz masala yuzasidan tuman adliya bo‘limi, tuman mehnat inspeksiyasi, tuman prokuraturasiga murojaat qilishga haqlisiz.
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti M.Klichbayev