Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Assalomu aleykum. Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran necha kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilishi kerak?


Assalomu aleykum. Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran necha kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilishi kerak?

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 207-moddasi 2-qismiga ko’ra, aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ishlar hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran 20 kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilishi kerak.

Fuqarolik protsessual kodeksi 202-moddasiga ko’ra esa, fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Alohida hollarda, bu muddat o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin, bundan aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar to‘g‘risidagi ishlar mustasno.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

boshyuristkonsulti                                                                            M.Klichbayev