Янгиликлар
Assalomu aleykum. SES soxasida 28 yildan buyon ishlayman, oliy toifali, boquvchim yo`q, 1stavkada ishlayman, yarim stavkamni olmoqchi majburiy boshliqlar. Kreditim bor, yarim stavka oylik yetmaydi, mandan boshqa oylik oladigan yuq. Mumkinmi yarim stavkamn
Assalomu aleykum. SES soxasida 28 yildan buyon ishlayman, oliy toifali, boquvchim yo`q, 1stavkada ishlayman, yarim stavkamni olmoqchi majburiy boshliqlar. Kreditim bor, yarim stavka oylik yetmaydi, mandan boshqa oylik oladigan yuq. Mumkinmi yarim stavkamni olishga. menga qisqarish kelgani yo`q.
Javob:Mehnat kodeksi 88-moddasiga asosan, mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, shunday tartibda amalga oshiriladi. Bu degani ishga kirayotgan paytda sizga 1 “stavka”ni berganmi, o‘sha “stavka”ni kamaytirish bo‘yicha ham sizdan rozilik olishi shart. Albatta siz bunga rozi bo‘lmasangiz ish beruvchi sizning “stavka”ngizni kamaytirishga haqqi yo‘q. Yanada aniqroq tushuntiradigan bo‘lsak, Mehnat kodeksining 119-moddasiga asosan, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog‘ida ham, keyinchalik ham to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilab qo‘yilishi mumkin. To‘liqsiz ish vaqti yaʼni siz aytgan “yarim stavka”ga o‘tkazishda ish beruvchi faqat siz bilan kelishib roziligingizni olsagina qonuniy bo‘ladi. Bu vaziyatda siz tuman adliya bo‘limi, tuman mehnat inspeksiyasi, tuman prokuraturasi yoki tuman fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz mumkin.
Yuqori Chirchiq tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti M.Klichbayev