Янгиликлар
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-son qarori bilan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga ko’ra Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Talabgor o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tegishli so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.
So‘rovnomaga talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng talabgor uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlaydi.
Talabgor tomonidan so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
So‘rovnoma Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda murojaatchidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Talabgor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi 10 daqiqa mobaynida so‘rovnomani qabul qiladi, so‘rovnoma raqami va sanasini talabgorga taqdim etadi yoki davlat xizmati ko‘rsatishni rad etadi, shuningdek so‘rovnoma qabul qilinganda uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga elektron shaklda yuboriladi.
Angren shahar Davlat xizmatlari markazi direktori G’ayrat Axmedov