Янгиликлар
2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dasturning asosiy vazifalari.
2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dasturning asosiy vazifalari.
Milliy dasturning asosiy vazifalari:
-xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
-gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-xotin-qizlarning taʼlim olishlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish hamda ularni ilm-fan sohasiga keng jalb etish;
-xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish choralarini kuchaytirish;
-xotin-qizlar orasida tazyiq va zoʻravonlikka uchrash hamda odam savdosi qurboni boʻlish holatlarining oldini olish;
-jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan, chet elga chiqib ketgan, davlat va jamoat tashkilotlarida hamda xususiy sektorda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ularning qonuniy manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish;
-ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash choralarini yanada takomillashtirish;
-oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targʻib etish orqali oilalardagi sogʻlom va maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash;
-xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularda huquqiy madaniyat va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga daxldorlik hissini oshirish choralarini koʻrish.
Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi B.Saidov