Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Davlat tashkiloti vakili qanday muddatlarda davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga kelib murojaat etadi?


Davlat tashkiloti vakili qanday muddatlarda davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga kelib murojaat etadi?

Davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hukumatning 2022-yil 28-sentyabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 542-son qarori bilan tartibga solinadi.

Davlat tashkiloti vakili Davlat tashkilotini tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjatda yoxud vakolatli davlat organlarining tegishli hujjatida (qaror, buyruq va b.) nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi kelib murojaat etadi va Reglamentga muvofiq soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.

Bunda, ariza beruvchi Davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.

 

Angren shahar DXM servis menejeri F.Xodjamberdiyeva.