Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan har bir sud-ekspertiza turlari bo‘yicha ularni moddiy-texnika bazasi bilan jihozlashga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab qo`yildi.


Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan har bir sud-ekspertiza turlari bo‘yicha ularni moddiy-texnika bazasi bilan jihozlashga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab qo`yildi.

Vazirlar Mahkamasining 24.03.2020-yildagi 180-sonli qarori bilan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Nizom tasdiqlangan edi. Nizomga muvofiq, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi hamda ular fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va maʼmuriy sud ishlari boʻyicha sud ekspertizasini oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan, shtatida sud eksperti sertifikatiga ega mutaxassislar boʻlgan tashkilot hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i qabul qilindi. (12.12.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3402). Ushbu hujjatda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan har bir sud-ekspertiza turlari bo‘yicha ularni moddiy-texnika bazasi bilan jihozlashga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab qo`yilgan. Mazkur hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Javlonbek Turaev