Янгиликлар
AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘i “nol” stavkada qo‘llaniladi
AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘i “nol” stavkada qo‘llaniladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2022 yildagi PQ-440-sonli qarori bilan kuz-qish mavsumida iste’molchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirish maqsadida Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Sh.Qo`ziyev
O`rta Chirchiq tuman adliya bo`limi
yetakchi maslahatchisi