Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlariga har oylik qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar mahkamsining qarori qabul qilindi.


Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlariga har oylik qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar mahkamsining qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-maydagi PF-136-son Farmonining 4-bandiga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilab qo`yildi. Mazkur Nizom talablari respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarining Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq qo‘shimcha haq oladigan tibbiyot xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Javlonbek Turaev