Янгиликлар
Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish
Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.12.2022 yildagi 694-sonli qaroriga asosan “Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi” Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizomga ko`ra, sug‘urtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta tashkiloti o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi yo‘li bilan, sug‘urta tashkilotining axborot tizimida, shu jumladan, internet jahon axborot tarmog‘idagi resursida sug‘urta shartnomasini tuzishda, uni Yagona axborot tizimida ro‘yxatga olish va sug‘urta polisiga noyob raqam berish orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tashkilotini erkin tanlash huquqiga ega bo`ladi. Sug‘urta polisida uning haqiqiy ekanligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod ko‘rsatililadi. Eslatib o`tamiz, Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi
Javlonbek Turaev