Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar


Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar

Da’vo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi:

shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

omonatchilarning o‘z omonatlarini berish to‘g‘risida bankka qo‘yadigan talablariga;

fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni to‘lash haqidagi talablarga. Da’vo muddati o‘tganidan keyin qo‘zg‘atilgan talablar da’vo qo‘zg‘atilishidan oldingi ko‘pi bilan uch yil bo‘yicha qondiriladi;

jinoyat tufayli yetkazilgan zararni to‘lash haqidagi talablarga;

mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining o‘z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham (Fuqarolik Kodeksining 231-moddasi), bartaraf etish haqidagi talablariga;

mamlakat mustaqilligi e’lon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;

qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.

Sh.Qo`ziyev

O`rta Chirchiq tuman adliya  bo`limi

yetakchi maslahatchisi