Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Qonun (OʻRQ–809, 15.12.2022-y.) bilan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.


Qonun (OʻRQ–809, 15.12.2022-y.) bilan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Shunga koʻra, qonunga quyidagi yangi tushunchalar kiritildi:

 

genderga oid audit – davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holatini, shuningdek genderga doir kompleks yondashuvni oʻrganish va baholash;

genderga doir kompleks yondashuv – davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻz faoliyatini, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishni xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tashkil etish;

Genderga oid auditning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 

davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbatini oʻrganish;

davlat organlari va tashkilotlari oʻz faoliyatini genderga doir kompleks yondashuv asosida tashkil etganligi holatini oʻrganish;

xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi qonunchilikning ijro etilish holatini baholash;

xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

 

Genderga oid audit tasdiqlangan 3 yillik rejaga asosan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida oʻtkaziladi.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Farxod Abdixakimov