Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Xorijda oʻlimni qayd etish


Xorijda oʻlimni qayd etish

Chet elda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻlimini qayd etish marhum yashab turgan yoki oʻlim sodir boʻlgan joydagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar oʻlimni qayd etish marhumning yashash joyidan boshqa okrugda amalga oshirilsa, u holda oʻlimni qayd etgan konsullik muassasasi marhum hisobda turgan konsullik muassasasiga uning familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻlgan sanasi, shuningdek oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va oʻlim qayd etilgan joy va sana koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi.

Agar oʻlimni qayd etishda marhumning homiysiz qolgan voyaga yetmagan bolalari borligi maʼlum boʻlsa, u holda konsul shu kunning oʻzidayoq bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar beradi.

Oʻlim qayd etilgandan keyin marhumning hujjatlari diplomatik pochta orqali Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga joʻnatiladi.

Bunda marhumning bekor qilingan pasporti keyinchalik qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga joʻnatiladi.

Marhumning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining yoʻqligi oʻlimni qayd etish uchun toʻsiq boʻla olmaydi, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabardor qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etishda konsullik yigʻimi undiriladi.

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Xusniddin Saypiyev