Янгиликлар
Kontrabanda
Kontrabanda
Kontrabanda, yaʼni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli taʼsir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarogʻ, oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni yoki oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Yodgor Yunusov