Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish


Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish

Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi ariza ariza beruvchining yashash joyidagi yoki tegishli dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDY organi tomonidan qabul qilinadi.

Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin.

O‘lim xaqidagi dalolatnoma yozuviga tuzatishlar kiritish yaqin qarindosh(lar) yoki merosxo‘r(lar)ning arizasiga ko‘ra FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.

Vafot etgan shaxslarning tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tuzatish va qo‘shimchalar sud qaroriga asosan FHDY organi tomonidan kiritiladi.

Qabul qilingan arizalar shu kunning o‘zida Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftariga kirim qilinib, ariza va taqdim etilgan hujjatlar alohida yig‘majildga tartib bilan tikiladi.

O‘n olti yoshga to‘lmagan bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish ota-onasining birgalikdagi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida amalga oshiriladi.

O‘n yoshga to‘lgan bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Bunda bolaning roziligi ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan berilgan arizada uning shaxsiy imzosi bilan ifodalanadi.

Bola o‘n olti yoshga to‘lishi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini olgunga qadar, tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida xatolarni tuzatish yoki ismiga qo‘shimcha kiritish, bolaning arizasi, yashash joyidan rasmi yelimlangan holdagi ma’lumotnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.

Masalan, tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida shaxsning ismi Moxchexra deb yozilgan bo‘lsa — Mohichehraga, Batir deb yozilgan bo‘lsa — Botirga o‘zgartirish kabi.

Nikoh tuzilganligini qayd etishda erining (xotinining) familiyasini umumiy familiya sifatida tanlagan, lekin shaxsini tasdiqlovchi hujjati o‘zgarishsiz qolgan xotinning (erning) o‘zining nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytish haqidagi talabi nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish orqali qanoatlantiriladi.

Nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining “Nikohdan ajralgandan keyingi familiyasi” ustunida nikohgacha bo‘lgan familiyasi ko‘rsatilgan, lekin shaxsini tasdiqlovchi hujjati o‘zgarishsiz qolgan er yoki xotinning nikohdan ajralgunga qadar bo‘lgan familiyasiga qaytish haqidagi talabi nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish orqali qanoatlantiriladi.

Shaxsning jinsi o‘zgarganida dalolatnoma yozuviga tuzatish kiritish faqat tibbiy muassasaning xulosasiga asosan amalga oshiriladi.

 

 

Bekobod tumani FHDY bo`limi ish yurituvchi                                        M.Ishankulova