Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

O’rindoshlik asosida ishkash uchun asosiy ish joyidan rozilik talab qilinmaydi.


 

Orindoshlik asosida ishkash uchun asosiy ish joyidan rozilik talab qilinmaydi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandiga ko’ra, o‘rindoshlik asosida ishlash uchun ish beruvchining, asosiy ish joyidan kasaba uyushmasi qo‘mitasining (xodimlarning boshqa vakillik organining) yoki boshqa organning roziligi talab qilinmaydi.

Demak, o’rindoshlik asosida ishlash uchun ish joyidan rozilik olish kerak emas. Faqatgina mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etishingiz shart.

Lekin, Qonunda ayrim istisnolar ham mavjud. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunnning 36-moddasiga ko’ra, bank boshqaruvi a’zolari va muhim ahamiyatga ega xodimlari ish beruvchining roziligi bilan boshqa tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida ishlashi mumkin, bundan ularning boshqa banklar va tashkilotlarda ishga joylashuvi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.

 

 

Bekobod tuman yuridik xizmat

ko’rsatish markazi boshlig’i:                                    A.A.Iskandarov