Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Endi tibbiyot oliygohlarining bitiruvchi kurs talabalari to'liq stavkagacha ishlashlari mumkin!


Endi tibbiyot oliygohlarining bitiruvchi kurs talabalari to'liq stavkagacha ishlashlari mumkin!

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.10.2022-yildagi 561-son “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga ko’ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 o‘quv yilida:

barcha tibbiyot va OTMlarning «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;

barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.

 

 

Bekobod tuman yuridik xizmat

ko’rsatish markazi boshlig’i:                                    A.A.Iskandarov