Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Nikoh tuzilganligini qayd etish


 Nikoh tuzilganligini qayd etish

Nikohlanuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan Nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi ariza (26-ilova) shu kunning o‘zida Nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftariga (27-ilova) kirim qilinadi.

Ariza daftarda qayd etilgandan so‘ng FHDY organi nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolari yig‘inini xabardor qilish uchun shu kunning o‘zida ma’lumotnoma taqdim etadi.

Nikohlanuvchi shaxslarga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun berilgan yo‘llanmalarning raqami arizaning kirim raqamiga “/” belgisi (drob) orqali tartib bilan qo‘shib boriladi.

Nikohni qayd etish haqidagi ariza FHDY organi xodimi ishtirokida imzolanishi hamda u tomonidan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ariza beruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan tekshirib qabul qilinishi lozim.

Arizaning old tomoni topshirish vaqtida to‘ldirilib, o‘sha kundagi sana qo‘yiladi. Arizaning orqa tomoni nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar taqdim etilgan vaqtda to‘ldiriladi va shu kundagi sana qo‘yiladi.

Tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha nikohlanuvchi shaxslarda yoki ularning birida ruhiy holatining buzilganligi aniqlansa, FHDY organi ruhiy holatining buzilishi aniqlangan nikohlanuvchi shaxsning yashash joyidagi tuman, shahar tibbiyot birlashmasidan uning ruhiy holati buzilishi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganligi haqida ma’lumot mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashi lozim.

Ichki ishlar organi tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga vaqtincha berilgan ma’lumotnomalar bilan nikoh tuzilganligini qayd etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Uzrli sabablar bo‘lganda FHDY organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi — bolalarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiy muassasaning kelinning homiladorligi haqidagi ma’lumotnomasi, xizmat safari to‘g‘risidagi va shu kabi hujjatlar taqdim etiladi.

Alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar) nikoh tuzilganligi ariza berilgan kuni qayd etilishi mumkin. Bunday holda nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi arizaning yuqori chap burchagiga asoslantirilgan yozuv kiritiladi va FHDY organi rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Nikoh tuzilganligi qayd etilgunga qadar nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi arizalar alohida yig‘majildlarda saqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el fuqarolari bilan nikoh tuzilganligini qayd etishda arizaga chet el fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi va uning tarjimasi hamda chet el fuqarosining oilaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan holda ilova qilinadi.

Bekobod tumani FHDYO bo`limi mudirasi:                                                                            N.O.Tashpulatova