Янгиликлар
Nikohdan ajralishni qayd etish
Nikohdan ajralishni qayd etish
FHDY organlarida nikohdan ajralishni qayd etish bo‘yicha ikkita ro‘yxatga olish daftari yuritiladi.
Er-xotinlarning o‘zaro roziligi asosida, er (xotin) uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganligi haqidagi qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari asosida er (xotin) tomonidan berilgan arizalar Nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftariga kirim qilinadi.
Sudlarning 1998-yil 1-sentabrgacha va 2010-yil 15-sentabrdan keyin qabul qilingan nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarorlari asosida nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi arizalar Sudning nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarori asosida nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftariga (31-ilova) kirim qilinadi.
1998-yil 1-sentabrdan 2010-yil 15-sentabrgacha bo‘lgan davrda qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bo‘yicha nikohdan ajratishni qayd etish bo‘yicha murojaat kelib tushganda, ushbu harakat yo‘qolgan dalolatnoma yozuvlarini tiklash tartibi va qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
Nikohdan ajralganlik haqidagi dastlabki dalolatnoma yozuvini qayd etishda ishtirok etmagan er (xotin) tomonidan ushbu dalolatnoma yozuviga qo‘shimchalar kiritish haqidagi arizalar Dastlabki dalolatnoma yozuvlariga qo‘shimchalar kiritish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftariga kirim qilinadi.
Masalan, er (xotin) jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotganligi yoki xizmat safarida bo‘lishi sababli, shuningdek boshqa sabablarga ko‘ra, nikohdan ajralishni qayd etish tayinlangan kunda dalolatnoma yozuvini qayd etishda ishtirok etmagan bo‘lsa, keyinchalik qaytib kelgan er (xotin) tomonidan berilgan arizalar mazkur daftarda qayd etiladi.
Bekobod tumani FHDYO bo`limi II toifali inspektori: S.N.Muxidddinova