Янгиликлар
O‘zbekistonda endi sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi
O‘zbekistonda endi sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 03 martdagi 118-son qarori bilan sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTIga ko‘ra, sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:
· xalqaro toifali sport hakami;
· milliy toifali sport hakami;
· birinchi toifali sport hakami;
· ikkinchi toifali sport hakami;
· uchinchi toifali sport hakami;
· sport bo‘yicha hakam.
Arizaga shaxs faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan berilgan yoʼriqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qoʼllanma(lar) nusxasi ilova qilinadi.
Davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Vakolatli organ ariza kelib tushgan kuni qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.
Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.
Malaka komissiyasi ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi Xisoblash texnikasi operatori Kasimova Marg`uba Asatullayevna