Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Jarima to’lashni istamasangiz!


Jarima to’lashni istamasangiz!

 

Oila kodeksi 138-moddasiga ko’ra, sudning hal qiluv qarori yoki aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bo‘yicha aliment ushlab qolishi lozim bo‘lgan ish beruvchi (tashkilot ma’muriyati) aliment to‘lovchi shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida, shuningdek uning yangi ish, o‘qish joyi yoki turar joyi unga ma’lum bo‘lsa, bu haqda sudning hal qiluv qarori ijro etiladigan joydagi davlat ijrochisiga yoki aliment oluvchi shaxsga 3 kun muddat ichida xabar berishi shart.

O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” Qonunining 64-moddasiga ko’ra, qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, u o‘qishni bitirganda (boshqa joyga o‘tkazilganda), pensiya va boshqa daromadlar olish joyidan ketganda, qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs bu haqda darhol davlat ijrochisiga xabar berishi va amalga oshirilgan undiruvlar to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ijro hujjatini unga qaytarishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198-2-moddasiga ko’ra, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, ya’ni qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar berganlik, ijro hujjatini yo‘qotganlik, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzganlik, shuningdek qarzdor o‘zining yangi ish, o‘qish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma’lum qilmaganligi, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

E’tibor bering yuqoridagi normalarda mehnat shartnomasi bekor qilinganda deyilmoqda. Demak, shartnoma MK 107-moddasida ko’rsatilgan asoslardan biriga ko’ra (87, 89, 97, 99, 100, 105, 106-moddalar ) bekor qilinganda davlat ijrochisiga darhol xabar bering!

Demak, hurmatli ish beruvchilar, 4.5 million so’mgacha jarima to’lamay desangiz, aliment to’lovchi shaxs va qarzdor bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda davlat ijrochisiga xabar berishni unutmang!

 

Bekobod tumani yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti:                      D.A.Djurayeva