Янгиликлар
Oilaviy bolalar uyiga necha nafar tarbiyalanuvchi olish mumkin?
Oilaviy bolalar uyiga necha nafar tarbiyalanuvchi olish mumkin?
Soʻnggi yillarda yurtimizda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, bolalarni joylashtirishning oilaviy hamda boshqa muqobil shakllarini amaliyotga kiritish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidantining 2022-yil 4-avgustdagi “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra qoida tariqasida oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar soni kamida 3 nafarni, lekin koʻpi bilan 5 nafarni tashkil qilishi lozim. Bunda, oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan fuqarolarning oʻz farzandlari hamda tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 8 nafardan oshmasligi kerak.
Maʼlumot uchun, oilaviy bolalar uylari yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga tarbiyaga olishni istagan fuqarolar tomonidan yuridik shaxs maqomisiz tegishli tuman (shahar) hokimining qarori asosida tashkil etiladi.
Gulnoza Sotiboldiyeva,
Chinoz tuman FHDYO
boʻlimi mudirasi