Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

“Avtomobil tarixi” maʼlumotlari endi Davlat xizmatlari markazlarida !


Avtomobil tariximaʼlumotlari endi Davlat xizmatlari markazlarida !

           Davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yangiliklar kundan kunga ortib bormoqda. Shu bilan birga davlat xizmatlari soni ham koʻpaymoqda.

Endilikda “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, bosib oʻtgan masofasi, fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi, yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi va boshqalar haqida) maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi qarori bilan “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz), Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YAIDXP), shuningdek, veb-saytlar, ularning ilovalari orqali davlat xizmatidan foydalanishi mumkun.

“Avtomobil tarixi” maʼlumotlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

·         avtotransportning agregat maʼlumotlari;

·         bosib oʻtgan masofasi;

·         shartnoma tuzilganligiga oid maʼlumotlar (ishonchnoma, ijara, hadya);

·         yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi;

·         qoidabuzarliklar holati;

·         garovga qoʻyilganlik holati;

·         taqiq borligi yoki yoʻqligi;

·         bojxona rasmiylashtiruviga oid maʼlumot;

·         litsenziya olinganlik holati (yoʻlovchi tashish uchun).

 

Davlat xizmati uchun BHMning 10 foizi (27 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

Maʼlumotlar real vaqt rejimida tayyorlanadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi. Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi (avtotransport mulkdori tomonidan oʻz “Avtomobil tarixi”ni bilish uchun yoʻllangan soʻrovnomalar bundan mustasno).

Ariza beruvchilar Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan istalgan avtomobil haqida maʼlumot olishi mumkin.

 

 

Boʻka tuman

Davlat xizmatlari markazi

bosh mutaxassisi                                                                                          K.Abdullayev