Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Davlat xizmatlari agentligi 4 yoshda !


                     Davlat xizmatlari agentligi 4 yoshda !

Inson hayoti davomida har bir qadamida, jamiyatning u yoki bu sohasidagi har bir harakati bilan davlat organlariga murojaat etishiga toʻgʻri keladi. "Davlat — fuqaro" aloqalarining shaffofligini taʼminlash uchun, 2017 yilda Oliy Majlisga Murojaatnomasida prezident Mirziyoyev davlat xizmatlari tizimining yangi kontsepsiyasini ilgari surdi.

Toʻrt yil avval, 12-dekabr kuni davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini tubdan isloh etish sari dadil qadam qoʻyildi. Mamlakat rahbarining tashabbusi bilan yangi tashkilotga asos solindi. Uning asosiy vazifalari etib esa, byurokratiya va korrupsiyani oldini olish, xalqimizning davlat organlariga boʻlgan ishonchini oqlash qilib belgilandi.

            Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari aholi uchun  muhim va kerak boʻlgan davlat xizmatlarini olishi mumkin boʻlgan joyga aylangan. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida yurtimizda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda. Bunda xalq ogʻirini yengil qilish, ularga “davlat-fuqaro” munosabatlarida qulaylik yaratish va shaffoflikni taʼminlash maqsadida mamlakatimiz rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulugʻvor gʻoyani soʻzsiz amalga oshirish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan qator eʼtiborga molik ishlar amalga oshirildi. Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar soni ortib, 157 tani tashkil qildi. Joriy yilda Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sonini 200 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Xulosa qilib aytganda Davlat xizmatlari markazlari tez, qulay va sifat tamoyillariga asoslangan eng zarur davlat xizmatlari olish mumkin boʻlgan yagona manzilga aylandi.

 

Boʻka tuman

Davlat xizmatlari markazi

bosh mutaxassisi K.Abdullayev