Янгиликлар
"Boʻkada sayyor xizmat"
"Boʻkada sayyor xizmat"
Xabaringiz bor 2018-yil 1-yanvardan “Yagona darcha” markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi. Bu esa oʻz oʻrnida ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish sohasida aholiga bir qator qulayliklar yaratdi. Shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiq va gʻovlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik tizimi oʻrnatilib, idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida elektron hujjat aylanishi tartibi joriy qilindi va takomillashtirildi.
Toshkent viloyatining koʻplab markaziy bozorlarida Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan, “Oʻzimiz keldik” loyihasi doirasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari, jumladan, FHDYO sohasiga oid xizmatlar sayyor tartibda koʻrsatilmoqda.
Boʻka tuman Davlat xizmatlari markazi va FHDYO boʻlimi xodimlari tomonidan Boʻka dexqon bozori hududida sayyor tartibda fuqarolarga bir qancha turdagi xizmatlar koʻrsatildi. Kadastr pasportini shakllantirish, Bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish, Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ariza yuborish, Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun) kabi 10 davlat xizmatlari sayyor tartibda koʻrsatildi. Sayyor xizmat davomida fuqarolar joriy yilning 24-oktyabr sanasida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovda faol ishtirok etishga chaqirilmoqda. Tadbir davomida 100 nafarga yaqin fuqaroning savollariga huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga hozirda koʻrsatib kelinayotgan davlat xizmatlari, yangiliklar, oʻzgarishlar va qulayliklar haqida tushunchalar berildi. Fuqarolar davlat xizmatlari koʻrsatish sohasiga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Hulosa qilib aytganda, davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli taʼminlanishiga xizmat qiladi.
Boʻka tuman
Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi K.Abdullayev