Янгиликлар
Diplomni dublikatini berish soddalashtirildi
Diplomni dublikatini berish soddalashtirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.07.2022-yildagi 395-son qarori bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. Taʼlim tashkilotini tugatgan jismoniy shaxslar taʼlim olganlikni tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat) yoʻqolganda yoki foydalanish uchun asl holatini yoʻqotganda, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda hujjatning dublikatini berish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXPga murojaat qiladilar. Ariza beruvchi DXMga murojaat qilganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi. Agar ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirsa, uning elektron imzosi talab qilinmaydi. Davlat xizmati uchun BHMning 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim toʻlanmaganligi xizmatni taqdim etishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Agar soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunidan iborat muddat beriladi. Soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab 10 ish kuni mobaynida hujjatning dublikati rasmiylashtiriladi. Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Pochta yigʻimi ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
Boʻka tuman Davlat xizmatlari
markazi v.v.b direktori Dilfuza Axmedova