Янгиликлар
Yoʻqolgan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish va saqlash hamda yoʻqolgan ashyolarni qidirish tartibi belgilandi.
Yoʻqolgan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish va saqlash hamda yoʻqolgan ashyolarni qidirish tartibi belgilandi.
“Yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28 son qarori qabul qilindi. Bunda oʻzining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yoʻqolgan ashyolarni topish boʻyicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari DXMga shaxsan kelib yoki YAIDXP orqali murojaat qiladi. Soʻrovnoma toʻldirilib, unga yoʻqotib qoʻyilgan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar, elektron maʼlumotlar, agar ashyo hujjat boʻlsa, uning nusxalari ilova qilinishi mumkin. Markazga kelib tushgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, guvohnomalar va turli xil rasmiy hujjatlar 1 oy ichida egalari tomonidan talab qilinmagan taqdirda, ushbu hujjatni bergan tashkilotga yuboriladi. Yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berilgani uchun BHMning 5 foizi (13 500 soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda miqdor 10 800 soʻmni tashkil etadi. Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan berilganda, toʻlov BHMning 2 foizi (5 400 soʻm) miqdorida undiriladi. Mazkur tartib jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklar oqibatida yoʻqolgan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Topib olingan ashyolar Markazda olti oy davomida saqlanadi. Agar topilma Markazga qabul qilingan paytdan eʼtiboran olti oy mobaynida uni olishga haqli boʻlgan shaxs aniqlanmasa, FKning 193-moddasiga muvofiq: markaz tomonidan ashyoni topib olgan shaxsga uning ashyoga nisbatan mulk huquqi vujudga kelganligi toʻgʻrisida xabar beriladi; ashyoni topib olgan shaxs uni qabul qilib olishni rad etgan taqdirda, ashyo davlat mulkiga oʻtadi. Yangi tartib 2022-yil 1-martdan ishga tushirilishi nazarda tutilmoqda.
Boʻka tuman Davlat xizmatlari
markazi boʻlim boshligʻi Dilfuza Axmedova