Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA TAHDID.


KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA TAHDID.

 

Dunyoda rivojlanish va taraqqiyot yoʻlini tanlagan har bir davlat eng avvalo korrupsiya, taʼmagirlik, poraxoʻrlik kabi salbiy illatlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi.

Aks holda, bunday jirkanch illatlarning tomir otishiga yoʻl berilsa, oʻsha joyda taraqqiyot va rivojlanish boy beriladi.

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlardan koʻzlangan maqsad xalqimizni hayotdan rozi qilish va eng muhimi, davlat idoralari bevosita xalq ichiga kirib borib, muammolar bilan tanishayotgani oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Alohida taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taʼbiri bilan aytganda “Jamiyat rivojiga gʻov boʻlayotgan yana bir illat – bu korrupsiya balosidir”. Shu nuqtayi nazardan Davlatimiz rahbari Prezidentligining dastlabki yillaridayoq korrupsiyaga qarshi kurashishni davlat siyosati darajasiga koʻtardi. Jumladan, 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiya qarshi kurashish toʻgʻrisida” OʻRQ-419-sonli qonun qabul qilinganligi fikrimizning isbotidir. Ushbu qonun bilan korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, ushbuborada faoliyat olib boruvchi davlat tashkilotlari koʻrsatib berildi, bir soʻz bilan aytganda korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni toʻla va har tomonlama tartibga soldi.

Darhaqiqat, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bugungi kunda nihoyatda dolzarb masala boʻlib, bu borada nafaqat masʼul idoralar, balki keng jamoatchilik ham hamjihat va hamfikr boʻlmogʻi maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqib, qayerdadir taʼmagirlik, poraxoʻrlik holatlariga duch kelsak, har birimiz bu noxush hodisaga nisbatan befarq boʻlmasligimiz, loqaydlik qilmasligimiz, aksincha, korrupsiya illatini tag tomiri bilan quritishga qaratilgan saʼy-harakatlarni vijdonan bajarishga kirishmogʻimiz burch va masʼuliyatimizga aylanmogʻi darkor. Boshqacha ifodalaganda, adolatsizlikka nisbatan murosasiz boʻlishni oʻzimizdan boshlashimiz zarur. Zero, bu borada har bir fuqaroning huquqi qonuniy asosda qatʼiy kafolatlangan.

Bu maqsad yoʻlida barchamiz birlashishimiz, bir yoqadan bosh chiqarishimiz, hamjihat va hamfikr boʻlishimiz, korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha amalga oshirilayotgan davlat siyosatini nafaqat qoʻllab-quvvatlashimiz, balki unda faol ishtirok etishimizni bugungi davrning oʻzi taqazo etayotganini unutmasligimiz shart va zarur.

 

 

Boʻka tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi A.Abdullaxatov