Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Soha yangi bosqichda


                                        Soha yangi bosqichda

Qarorga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini 2022-2023-yillarda yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilandi. Jumladan:

2022-yil yakunigacha:

Aholi yashash maskanlarini mobil aloqa tarmogʻi bilan qamrab olish darajasi 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻllarida mobil internet qamrovi 60 foizga yetkaziladi;

40 ming km optik tolali aloqa liniyalarini qurish orqali qamrov 80 foizga yetkaziladi;

Elektron davlat xizmatlari koʻrsatilishiga xususiy sektorni jalb qilish orqali foydalanuvchilar soni 2 barobarga yetkaziladi;

2023-yil yakunigacha:

Raqamli texnologiyalar sohasida yiliga 6,5 ming nafardan ortiq yoshlarning axborot texnologiyalari yoʻnalishida taʼlim olishi yoʻlga qoʻyiladi;

Davlat organlari, shu jumladan mahalliy hokimlik organlarida hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda 214 ta axborot tizimi va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi.

2022-yil 1-sentyabrdan respublikaning barcha hududlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

 

2023-yil 1-yanvardan tegishli davlat organlari (24 ta) rasmiy veb-sayti va portallarini “Yagona darcha” tamoyili asosida oʻz ichiga oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasi ishga tushiriladi.

 

Boʻka tumani YUXKM

Bosh yuristkonsult                                                 J.M.Tashmatov.