Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Yer ajratish haqida qarori boʻlmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi


Yer ajratish haqida qarori boʻlmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi

 

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

 

-          Qarorga koʻra, Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq maʼlumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023-yil 1-yanvarga qadar ishga tushiriladi.

Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

 

    - 2024-yil 1-yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amalda

foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

-          Davlat kadastrlarini yurituvchi vakolatli organlar 2022-yil oxiriga qadar oʻzlarining maʼlumotlar bazalari axborot tizimiga toʻliq integratsiya qilinishi taʼminlanadi.

-           

-          Malaka shahodatnomasiga ega boʻlgan kadastr muhandislari axborot tizimidan foydalanilganligi uchun har oyda BHMning bir baravari miqdorida toʻlov amalga oshiradi.

 

-          Ochiq maʼlumotlar ommaviy geoportal orqali davlat boshqaruvi organlariga bepul, jismoniy shaxslar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa yuridik shaxslarga toʻlov evaziga taqdim etiladi.

 

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reestridagi yer uchastkasi kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni foydalanuvchilar tomonidan bepul olish imkoniyati yaratiladi.

 

Boʻka tumani YUXKM

boshligʻi                                                                     Oʻ.R.Abdullayev.