Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

DEKRETDAGI AYOLNI ISHDAN BOʻSHATISH MUMKINMI?


DEKRETDAGI AYOLNI ISHDAN BOʻSHATISH MUMKINMI?

 

Qizim 29-iyunda 2 yoshga toʻladi, oʻzim bankdan dekretga chiqanman, ishga chiqaman desam sanga shtat yoʻq dedi, man ishlagan markaz yopilib ketipti, keyin mani shtatim 6 oylik shartnoma asosida bolgan. 2 oylik homilador vaqtim sakrasheniyaga tushding deb kadr bank xizmatlar markaziga yollanma ishchi qilib ariza yozdirib olgandi, dikretga chiqar mahalim rossa muammo boʻldi

Hozir markaz yopilgani, boʻsh joy yoʻligini bahona qilib ishga ololmasligini aytyapti, keyin manga 6 oylik shartnoma bilan ishlaganim uchun hech qanday kodeks rol oʻynamaydi dedi, joy boʻlmasa avtomatik ravishda ishdan boʻshatib yuborishi mumkin ekan, shu toʻgʻrimi.

JAVOB:

Mehnat kodeksining 237-moddasiga asosan, homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi. Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonunchilikda belgilangan tegishli ijtimoiy toʻlovlar bilan taʼminlagan holda amalga oshiradi.

Mazkur asosga koʻra siz bilan ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qila olmaydi. Chunki ishxonangiz butunlay tugatilgani yoʻq.

Ikkinchidan, mazkur kodeksning 234-moddasiga asosan. bolani parvarishlash taʼtillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda koʻpi bilan olti yil, shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga ham qoʻshiladi.

Yuqoridagi asoslarga koʻra, ish beruvchi sizni ishdan boʻshatishga haqli emas.

 

Parkent tuman adliya boʻlimi yuridik

hizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                 S.Xasanboyev