Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 19.12.2022 yilda Adliya vazirligida


Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 19.12.2022 yilda Adliya vazirligida 3403 ro‘yxat raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

 

Mazkur Nizom vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan, 3 oydan ortiq muddat davomida foydalanilmasdan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini (bundan ijtimoiy soha ob’ektlari mustasno) ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibini belgilaydi.

- Ijaraga beruvchi tomonidan ob’ektlarni aniqlash maqsadida doimiy ravishda xatlov o‘tkaziladi.

- Xatlov davomida aniqlangan ob’ekt 1 ish kuni ichida axborot tizimiga kiritiladi.

- Ijaraga beruvchi ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ob’ektning balansda saqlovchisiga ogohlantirish xati yuboradi.

- Unda balansda saqlovchi tomonidan ob’ektdan 3 oy muddatda samarali foydalanilishi hamda bu haqda ijaraga beruvchiga ma’lumot taqdim etilishi, shuningdek ushbu talabga rioya qilinmagan taqdirda, ob’ekt belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ijaraga berish yoki sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi ko‘rsatiladi.

 

Ob’ektni sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risidagi qaror quyidagilar tomonidan qabul qilinadi:

- binolari va inshootlarining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan va strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan ob’ektlar bo‘yicha – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;

- binolari va inshootlarining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, ammo 5000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan va strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan ob’ektlar bo‘yicha – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari;

- binolari va inshootlarining umumiy maydoni 5 000 kvadrat metrdan ortiq va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlar bo‘yicha – Prezident, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                                    M.Mirxomidov