Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 19.12.2022 yilda "Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-444 qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 19.12.2022 yilda "Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-444 qarori qabul qilindi
Mazkur Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan savdo va biznes markazlari, ko‘ngilochar va dam olish maskanlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi infratuzilma ob’ektlarining loyihalariga majburiy tartibda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini kiritish talabi belgilanadi.
-2024 yil yakunigacha respublikada elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari sonini kamida 2 500 taga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Bunda:
- 2023 yil davomida elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va nimstansiyalarga tutash hududlardan 1500 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish uchun yer uchastkalari auksionga chiqarilishi;
- xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llariga tutash hududlarda joylashgan elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va nimstansiyalari yaqinida kamida 500 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari barpo etilishi;
- 2023–2024 yillarda kamida 500 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini joylashtirish uchun yer uchastkalari “K–SAVDO” AAT orqali auksion savdolariga chiqarilishi nazarda tutiladi.
2023 yil 1 yanvardan:
- tadbirkorlarga elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari orqali elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transportlarni quvvatlantirish maqsadida elektr energiyasini sotish (realizatsiya qilish) huquqi beriladi;
-transportlarni quvvatlantirish xizmatining tarifi (narxi), elektr energiyasining tasdiqlangan tarifidan qat’i nazar tadbirkorlar tomonidan mustaqil belgilanadi.
- 2023 yil 1 dekabrgacha faoliyat ko‘rsatayotgan avtomobillarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz quyish shoxobchalarida kamida 1 ta (4 kanalli) 60 kVt va undan yuqori quvvatli elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasi o‘rnatiladi.
2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha:
- elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari hamda ular o‘rnatilgan avtomobil to‘xtash joylari joylashgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan, shuningdek, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘idan;
- asosiy faoliyat turi transportlarni quvvatlantirish xizmatini ko‘rsatish bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari foyda solig‘idan;
- transportlarni quvvatlantirish xizmatini ko‘rsatishdan olingan daromad aylanmadan olinadigan soliqdan;
- xorijdan olib kelinadigan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi uchun texnologik asbob-uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi A.Xamdamov