Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 19.12.2022 yilda "Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-443-son qarori qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 19.12.2022 yilda "Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-443-son qarori qabul qilindi

 

Mazkur Qarorga ko‘ra, elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transportlar hamda ichki yonuv dvigateli va tashqi elektr manbai orqali zaryadlanuvchi elektr motori yordamida harakatlanuvchi transportlarni sanoat usulida ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi.

 

2030 yil 1 yanvargacha:

???? respublikada ishlab chiqarilgan elektromobillar va gibrid avtomobillar utilizatsiya yig‘imidan ozod etiladi;

- xorijdan olib kelinadigan elektromobillarning va gibrid avtomobillarning butlovchi qismlari, xomashyo va materiallar, uskunalar va texnologik jihozlarni, shu jumladan servis xizmati ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlari bojxona bojidan ozod etiladi.

- Respublikada ishlab chiqarilgan va ichki bozorda sotilgan, elektromobil va gibrid avtomobillarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan BHMning 1200 baravaridan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kredit muddatining dastlabki 36 oyi davomida kompensatsiya to‘lanadi.

- Elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchilar 2030 yil 1 yanvargacha litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

- 2023 yil 31 yanvargacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshida Elektromobillar va ularning infratuzilmasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                       G.Roxmonqulov