Янгиликлар
Vazirlar Maxkamasining 03.10.2022 yildagi 558-son qarori bilan, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi” tasdiqlandi.
Vazirlar Maxkamasining 03.10.2022 yildagi 558-son qarori bilan, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi” tasdiqlandi.
Mazkur Qaror bilan 2022/2023 o‘quv yilidan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yagona maktab formasini to‘liq joriy etish talabi bekor qilindi.
- Konsepsiya “Yangi O‘zbekistonning yangi maktabi” g‘oyasi asosida maktablardagi ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.
- Konsepsiyada belgilangan maqsadga erishish uchun, jumladan, maktablardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashda rahbar va pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning hamkorligi va mas’uliyatini oshirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi mavzu va g‘oyalar asosida ijodiy ishlar tanlovi, turkum ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbirlar tashkil qilinadi:
-“O‘zbekiston – Vatanim manim”;
“Davlat ramzlari – faxrim, g‘ururim”;
“Davlat tili – millat ruhi”.
Parkent tumani adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi A.Xamdamov