Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Vazirlar Maxkamasining 27.09.2022 yildagi 529-son qarori bilan “Yashil bog‘lar” nizomi tasdiqlandi


Vazirlar Maxkamasining 27.09.2022 yildagi 529-son qarori bilan “Yashil bog‘lar” nizomi tasdiqlandi

 

Mazkur Nizomga ko‘ra, quyidagilar “Yashil bog‘lar”ni barpo etish bo‘yicha hokimliklarga tashabbus bilan chiqish huquqiga ega:

-davlat organlari va tashkilotlari;

-fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;

-ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari.

 

-“Yashil bog‘lar”ni barpo etish bo‘yicha kiritilgan takliflar hokimliklar tomonidan 15 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi.

- Ma’qullangan takliflar asosida “Yashil bog‘lar”ni barpo etish va loyihalash bo‘yicha har yili 10 fevralgacha “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti bilan shartnomalar tuziladi.

-Takliflar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan har hili 15 maygacha tegishli qaror qabul qilish uchun xalq deputatlari mahalliy kengashlari muhokamasiga kiritiladi.

- Xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, “Yashil bog‘lar”ni barpo etish uchun “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi bilan kelgusi yilning 20 yanvariga qadar shartnomalar tuziladi.

-“Yashil bog‘lar”ga ko‘chat ekish tadbirlari har yili bahor va kuz mavsumlarida amalga oshiriladi.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                         G.Roxmonqulov